$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

AI-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalarning birja savdolarida ishtirok etishi to‘xtatildi

AI-80

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYOQSHlarda qoidabuzarliklar aniqlandi.

Xarid qilingan benzin sotilmagan

Xususan, Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MChJga qarashli AYOQSH o‘rganilganda joriy yilning oktabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganligiga qaramasdan, 10,16,18-oktabr kunlari davomida jami 11,3 tonna AI-80 rusumli avtobenzin birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmasdan xaridorlarga sotilmaganligi aniqlandi.

Saqlanayotgan 19 931 litr benzin

Bu kabi holat Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “D.O.P.” MChJga qarashli shoxobchada ham kuzatilib, 19 931 litr miqdordagi AI-80 rusumli avtobenzin asossiz sotmasdan saqlab turilganligi hamda 20 ta 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 200 litr miqdordagi avtobenzin shoxobcha hududida saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Asossiz narx oshirish

Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 5 ta AYOQShda ya’ni “S.O.757” MCHJ, “O.X.” MCHJ , “B.O.X.” MCHJlar hamda “S.” va “Sh.” xususiy korxonalarga qarashli AYOQShlarda AI-80 rusumli avtobenzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Теги :
Жамият