Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Organizmda qarish jarayonini tezlashtiruvchi mahsulotlar

Kunlik tanovul qilinayotgan ayrim taomlar inson salomatligiga ta’sir qilib, organizmning qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

2 daqiqa o‘qiladi

buvijon grandmother qariya keksa ayol

Qaysi mahsulotlar organizmda qarish jarayonini tezlashtiradi? Quyida shunday mahsulotlar ro‘yxati va ularning tanaga ta’siri xususida ma’lumotlar keltirilgan.

Shakar - zahar

Shirinlikxo‘rlar navbatdagi desert bilan o‘zlarini xursand qilayotganida, organizmda glikatsiya jarayoni ishga tushadi va AGE va RAGE molekulalari to‘plana boshlaydi. Ular yig‘ilgan joyda yallig‘lanish jarayoni doimiy ravishda saqlanib, organlarning normal ishlashi buziladi. Shu tarzda “yoshga doir” kasalliklar boshlanadi. Glyukoza oqsillar va lipidlar bilan bog‘lanadi, bu esa terining elastikligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan kollagenga halokatli ta’sir ko‘rsatib, erta ajin tushishiga olib keladi.

Yog‘lar

Trans yog‘larning asosiy manbalari — fastfud va margarin. Bu yog‘lar qarish jarayonini tezlashtiradi. Chunki ular qon tomirlarini toraytirib, uning oqimini buzadi. Oqibatda, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi sezilarli darajada ortadi.

Qahva

Kofeinning ko‘p miqdori tana hujayralarining suvsizlanishiga, bu esa moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Energetiklarda kofeinning ta’siri natriy bilan yanada ko‘proq bo‘ladi. Terining erta qarishini oldini olish uchun har qahva ichganingizdan keyin albatta bir stakan suv ham ichish muhimdir. Energetik ichimliklardan esa butunlay voz kechgan afzal.

Spirtli ichimliklar

Alkogolni muntazam qabul qilish jigarga jiddiy ta’sir qiladi. Chunki alkogol ushbu filtrlovchi organda toksinlar to‘planishiga, bu esa organizmda yallig‘lanish jarayonlari boshlanishi va turli kasalliklarga olib keladi.

Tuzli mahsulotlar

O‘ta sho‘r mahsulotlar (pishloq, pissa (ayniqsa pepperoni), chips, krekerlar). Tuz tanadagi suvni ushlab qoladi va bu hujayralarning qisqarishiga olib keladi. Natijada suvsizlanish yuzaga keladi. Bu esa, tabiiyki, qarish jarayonini tezlashtiradi.

Kolbasa

Qayta ishlangan go‘sht (kolbasa, sosiska va bekon). Ushbu mahsulotlarda ortiqcha tuz va konservantlar mavjud. Ularni iste’mol qilish suvsizlanishga olib keladi va yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Shuningdek, bu mahsulotlar sababli organizmda kollagen ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan S vitaminining miqdori kamayadi.

Kartoshka fri

U organizmda deyarli bir zumda parchalanadi. Bundan tashqari, yuqori haroratda yog‘da qovurilgan mahsulotlar erkin radikallarni chiqaradi. Natijada, terining hujayra darajasida shikastlanish yuzaga keladi.

Tez tayyor bo‘luvchi mahsulotlarning barchasi zararli

Shuningdek, bu ro‘yxatga ustki qobig‘i och jigarrang bo‘lguncha qovurilgan yoki pechda pishirilgan barcha taomlarni qo‘shish mumkin. Bu ishtahaochar rang, yuqorida aytganimiz, glikatsiya jarayoniga bevosita bog‘liq, hattoki bu taomga shakar qo‘shilmagan bo‘lsa ham. Odatda uzoq va sog‘lom umr ko‘rishni targ‘ib qiluvchi mutaxassislar tez qovurilgan yoki bug‘da pishirilgan taomlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.