$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

AES sari yana yana bir qadam: Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etilmoqda

aes

U yadro energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik siyosati uchun masʼul boʻladi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etiladi. Bu prezidentning 24-maydagi qarorida nazarda tutilgan.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Qoʻmita Konchilik sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologik va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida tuziladi.

Inspeksiyaning oʻzi konchilik sanoati va geologiya nazorati inspeksiyasi etib qayta tashkil etilmoqda.

Inspeksiya funksiyalari

Qoʻmita — vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi

Qoʻmita yadro energiyasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Qoʻmita tarkibiga 110 kishidan iborat shtat, shuningdek, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, gaz quyish shoxobchalari, neft va gazni birlamchi qayta ishlash, magistral quvurlar va gaz inshootlari xavfsizligini taʼminlash, donni saqlashda sanoat xavfsizligi nazorat qilish, istirohat bogʻlari faoliyatini nazorat qilish va boshqa funksiyalari berilgan.

Ilmiy-texnika markazi

Qoʻmita tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tashkil etilmoqda.

Qoʻmita tarkibida davlat organi shaklidagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi boʻyicha ilmiy-texnika markazi ham boʻladi.

Mansabdor shaxslarning huquqi

Qoʻmita mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

qoʻmitaning nazorati ostidagi obyektlarga toʻsqinliksiz kirish;

xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki baxtsiz hodisa va avariya sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻxtatib turish, shuningdek, odamlar hayoti xavf ostida qolganda ularni ish joylaridan olib chiqish;

oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.

Qoʻmitaning respublika hududlarida qurilayotgan va foydalanilayotgan atom energiyasidan foydalanish obyektlari holatining doimiy nazoratini taʼminlovchi xodimlarining joylashuvi bevosita mazkur obyektlarda amalga oshiriladi.

Jamgʻarma qanday moliyalashtiriladi?

Qoʻmita huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, budjetdan tashqari sanoat xavfsizligi sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishdan qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda qoʻmitaga tushadigan, qoʻmita tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslardan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summasining 40 foizi miqdoridagi mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Berilgan topshiriqlar

Qoʻmitaga Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Atom energiyasi agentligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentyabrga qadar respublikada atom energetikasining rivojlanish darajasi va xalqaro normalardan kelib chiqib, departamentning shtat birliklari sonini oshirish toʻgʻrisidagi asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

2024-yil 1-dekabrga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilgan holda Qoʻmita faoliyatini rivojlangan davlatlarning sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlari xavfsizligini nazorat qilish sohasidagi ilgʻor tajribasi asosida takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash topshirildi.