$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Adliya oromgohi “katta bayram”ga tayyorlanyaptimi?

adliya

Adliya vazirligi “Konvension markaz”i oromgohi uchun xalq pulidan qimmat spirtli ichimliklarni sotib oldi. Revizor Telegram kanali surishtirgan ma’lumotlarga ko‘ra, spirtli ichimliklar uchun 200 milliondan ortiq pul sarflangan.

Oromgoh uchun chet el spirtli ichimliklari

Adliya vazirligi huzuridagi Konvension markaz tomonidan jami 207 million 260 ming so‘mlik chet elda tayyorlangan spirtli ichimliklar, jumladan vino, aroq, viski, likyor, martini, rom, brendilar sotib olingan. Ushbu ma’lumot maxsus axborot portaliga 2023-yilning 6-aprelida joylashtirilgan.

Ichimliklarning narxlari 

Ushbu xarid qilingan spirtli mahsulotlarning eng arzoni donasi 292 ming so‘m bo‘lsa, eng qimmati 400 ming so‘m. Sotib olingan mahsulotlarga 15 mln 410 ming so‘mga 46 dona «Jack Daniel's Old №7» (AQSH; viski; 0,7 l.; narxi - 335 ming so‘m), 24 mln so‘mga 60 dona «Vodka Onegin» (Rossiya; aroq; 0,7 l.; narxi- 400 ming so‘m), 8 mln 400 ming so‘mga 24 dona «KINGSTON 62 WHITE» (Yamayka; rom; 1,0 l.; narxi - 350 ming so‘m), 7 mln so‘mga 24 dona «Riserva Speciale Rubino» (Italiya; martini; 0,7 l.; narxi - 292 ming so‘m), 8 mln 880 ming so‘mga 24 dona “CAMPARI” (Italiya; likyor; 0,7 l.; narxi - 370 ming so‘m) va boshqa bir qator ichimliklar kiradi.

Adliyaning “dachasi”

Adliya vazirligining Konvension markazi "Olmos" dam olish markazi hisoblanadi. Ushbu maskan Bo‘stonliq tumani Xumson MFYda joylashgan. Bu yerda adliya vazirligi xodimlari hamda ularning oila a’zolari dam olishi uchun mo‘ljallangan.