$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya sababli aholi evakuatsiya qilingan

Kondagi avariya

1-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi.

Quduqdagi burg‘ilash ishlari sababli

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, soat 15:17 da tumanning “Ko‘lqamish” MFY hududida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli 604-sonli qudug‘ida burg‘ilash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda texnologik jarayonning buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Jabrlanganlar yo‘q

Fuqarolarning jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. “Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q”, — deb qo‘shimcha qildi vazirlik. Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berishicha, hududga viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov, aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar hamda boshqarmalar mas’ullari yetib borgan.

Favqulodda holat sodir bo‘lgan hududda havoning ifloslanish darajasini o‘rganish, kelib chiqqan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat