$
 12060.55
-36.78
 14183.21
-50.51
 161.32
0.79
weather
+26
Кечаси   +14°
Oltin

Nega O‘zbekiston oltin eksport qilmay qo‘ydi?

O‘zbekistonning tashqi savdo balansida oltin eksporti strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat valyuta tushumlarini ta’minlaydi, balki jahon bozoridagi konyunkturaga moslashuvchan yondashuvni ham namoyish etadi. Oxirgi to‘rt oy davomida mamlakat tomonidan oltin eksportining to‘xtatilganligi kuzatuvchilar orasida turli savollarni tug‘dirmoqda. Mazkur jarayonni tahlil qilish uchun 2016-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi statistik ma’lumotlar va joriy bozor tendensiyalariga nazar tashlash lozim.
Батафсил →
Kredit foizi

O‘zbekiston kredit foizi yuqoriligi bo‘yicha dunyoda TOP-3likda

Har qanday davlatda kredit foizlarining shakllanishi, avvalo, o‘sha mamlakatdagi ichki inflyatsiya darajasi va Markaziy bank tomonidan belgilanadigan asosiy stavkaga bevosita bog‘liq. O‘zbekistondagi bugungi manzara shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimiz kredit qiymati bo‘yicha dunyodagi “yetakchi” davlatlar qatoridan joy olgan. Trading Economics tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistondan ko‘ra qimmatroq kreditlar faqat yillar davomida giperinflyatsiya girdobida qolayotgan Turkiya va Zimbabvedagina kuzatiladi.
Батафсил →

10,9 million abonent, 629 ming terabayt trafik va 5G rekordlari: Ucell 2025-yilni qanday yakunladi?

2025-yil Ucell uchun keng ko‘lamli yuksalish, texnologik yutuqlar hamda tarmoq, brend va jamoaning izchil rivojlanishi davri bo‘ldi. Kompaniya bozordagi o‘z mavqeini mustahkamlab, abonentlar bazasi bo‘yicha yangi marrani zabt etdi va xizmatlar sifati hamda mijozlar tajribasini oshirishga qaratilgan bir qator strategik tashabbuslarni amalga oshirdi.
Батафсил →
Yomg

O‘zbekiston iqlim nazorati sari: Mamlakatda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish va suvni tejashning yangi davri boshlanmoqda

O‘zbekiston global iqlim o‘zgarishlari va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashning innovatsion bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan 2026-yilgi davlat dasturi doirasida mamlakatimizda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli pilot loyiha amalga oshirilishi belgilandi.
Батафсил →
oltin

Chetdan O‘zbekistonga oltin olib kirish qanchaga tushadi?

So‘nggi paytlarda chegarada oltin bilan qo‘lga tushganlar haqidagi xabarlar tez-tez chiqmoqda. Kimdir bilmay qolibman desa, boshqasi shunchaki taqinchoq edi deya o‘zini oqlaydi. Ammo bojxona qoidalari aniq va ularni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Xo‘sh, O‘zbekistonga bojxona orqali oltin olib kirish qanchaga tushadi? Qanday me’yor va tartib-qoidalar mavjud? Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev bu haqida batafsil ma’lumot bergan.
Батафсил →
virus

Quturishdan Ebolagacha: Qaysi virus insoniyatni qirmoqda?

Ba’zan eng katta xavf ko‘zga ko‘rinmaydi. Ular shunchaki oddiy shamollashga o‘xshab boshlanib, oxiri fojia bilan tugashi mumkin. Dunyoda shunday viruslar borki, yuqqan taqdirda o‘lim darajasi hatto 100 foizga yetadi. Bu viruslarning ko‘pchiligi ko‘rshapalaklar orqali tarqaladi va odamdan odamga ham yuqadi. Quyida shunday dunyodagi eng xavfli 10 ta virus haqida barcha ma’lumotlarni jamladik.
Батафсил →