$
 12236.13
23.34
 14439.86
28.77
 159.10
-0.42
weather
+26
Кечаси   +14°

Chetdan O‘zbekistonga oltin olib kirish qanchaga tushadi?

oltin

So‘nggi paytlarda chegarada oltin bilan qo‘lga tushganlar haqidagi xabarlar tez-tez chiqmoqda. Kimdir bilmay qolibman desa, boshqasi shunchaki taqinchoq edi deya o‘zini oqlaydi. Ammo bojxona qoidalari aniq va ularni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Xo‘sh, O‘zbekistonga bojxona orqali oltin olib kirish qanchaga tushadi? Qanday me’yor va tartib-qoidalar mavjud? Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev bu haqida batafsil ma’lumot bergan.

Qanchagacha oltin olib chiqish mumkin?

Jismoniy shaxslar 200 grammgacha kumushdan, 65 grammgacha oltin va boshqa qimmatbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib chiqishi mumkin. Agar bu miqdordan oshsa, u holda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldiriladi va shundan keyin olib chiqishga ruxsat beriladi. Bunda zargarlik buyumlarining probasi bo‘lishi lozim. Turli quyma oltinlar yoki qo‘lbola yasalgan buyumlar bu toifaga kirmaydi. Agar qimmatbaho metallardan yarim tayyor buyumlarni olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, unda Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasi talab qilinadi.

Oltin olib kirish tartibi

Hozir avvalgidek 65 grammgacha tayyor zargarlik buyumini bemalol olib kirish me’yori yo‘q. 2025-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar zargarlik buyumlarini shaxsiy ehtiyoj uchun, notijorat maqsadda bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari doirasida olib kirishlari mumkin. Bu normalar transport turiga qarab belgilanadi. Agar samolyotda kelsangiz — 1000 AQSH dollarigacha. Temir yo‘l yoki daryo transportida — 500 dollarigacha. Avtomobil yoki piyoda o‘tish punktlarida esa — 300 dollarigacha ruxsat beriladi. Yana bir muhim jihatni eslab qolish kerak. Bu qoidalar mamlakatdan chiqib ketayotganda va qaytib kelayotganda yoningizda bo‘lgan ishlatilgan shaxsiy buyumlarga tatbiq etilmaydi. Agar qimmatbaho buyum yoki zargarlik mahsulotini olib chiqib, keyin yana qaytarib olib kelmoqchi bo‘lsangiz, chiqishda bojxona xodimlariga bu haqda ma’lum qilish va yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatish kerak. Shunda keyin muammo bo‘lmaydi.

Tijorat maqsadida zargarlik buyumlarini olib kirishda qanday qulayliklar bor?

Zargarlik mahsulotlarini biznes maqsadida olib kiradiganlar uchun bojxonada yengilliklar joriy qilingan. 2025-yil 1-sentyabrdan 2028-yil 1-sentyabrgacha zargarlik buyumlarini (TIF TN 7113 va 7114 tovar pozitsiyalari) O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji atigi 2 foiz etib belgilangan.

Yana bir qulay tomoni shuki, agar zargarlik buyumlari bojxona orqali olib kirilgani tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa ham, bojxona to‘lovlarini to‘lab va bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirib, ularni qonuniy ravishda deklaratsiya qilish mumkin. Yangi o‘zgarish ham bor. 2026-yil 17-fevraldan 2027-yil 1-yanvargacha ayrim tovarlar uchun import boj stavkalari vaqtincha pasaytirildi. Marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar uchun import boji butunlay bekor qilindi. Bu esa tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Теги :
Jamiyat