$
 12097.33
-31.13
 14233.72
-70.59
 160.53
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°
suv

Dunyo suv inqirozi yoqasida: Qaysi davlatlarda eng ko‘p suv tanqisligi kuzatilmoqda?

Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida suv muammosi tobora kuchayib bormoqda. Ba’zi mamlakatlarda odamlar ishlatayotgan suv miqdori tabiat har yili qayta tiklab bera oladigan suvdan ham ko‘p bo‘lib ketgan. Mutaxassislar buni “suv tanqisligi” deb ataydi. Agar bir davlatda ishlatilayotgan suv tabiat beradigan suvdan 100 foizdan ham ko‘p bo‘lsa, demak u yerda suv yetishmovchiligi boshlanadi. Bunday vaziyatda davlatlar yer osti suvlari yoki dengiz suvini tozalash kabi boshqa usullarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Xo‘sh, qaysi davlatlar eng ko‘p suv yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda?
Батафсил →
xaker

Texnologiya ortidagi yashirin dunyo: Tarixdagi eng mashhur TOP—5 kiberjinoyatchilar

Bugungi kunda xakerlarning turli tizimlarga buzib kirayotgani haqida deyarli har kuni eshitamiz. Masalan, yaqinda Eron xakerlari AQSh FQB rahbarining elektron pochtasini buzib kirib, uning shaxsiy ma’lumotlarini internetda tarqatgani haqida xabarlar tarqaldi. Hozir bunday voqealar odatiydek tuyulishi mumkin. Ammo 90-yillarning o‘rtalarigacha bunga ko‘pchilik ishonmagan bo‘lardi. O‘sha paytda kompyuterlar ham keng tarqalmagan, hukumat tizimlarini buzish haqidagi gaplar esa ko‘proq ilmiy fantastikaga o‘xshardi.
Батафсил →
cashless

O‘zbekiston naqd pulsiz kelajakka tayyormi? Dunyo tajribasi bizni nimadan ogohlantirmoqda?

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator muhim sohalarda naqd pul orqali to‘lovlar amalga oshirilishiga cheklovlar o‘rnatiladi. Xususan, davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar, alkogol va tamaki savdosi, shuningdek, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va 25 million so‘mdan yuqori bo'lgan xaridlar (ko‘chmas mulk va yangi transport vositalari savdosi) to'liq naqd pulsiz shaklga o'tkaziladi. PF–246-sonli Prezident Farmoni asosida joriy etilayotgan bu o‘zgarishlar, avvalo, iqtisodiyotdagi xufiyona aylanmani qisqartirish va moliyaviy shaffoflikni oshirishga qaratilgan.
Батафсил →