$
 12015.96
-26.53
 14051.46
-96.06
 160.30
-0.25
weather
+26
Кечаси   +14°
Migrantlar boshiga balo

Migrantlar boshiga balo: Rossiyada millatchi guruhlar tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan jinoyatlar

2025-yil Rossiya Federatsiyasining zamonaviy tarixida etnik munosabatlarning eng keskinlashgan va migrantlarga nisbatan nafratning eng yuqori cho‘qqiga chiqqan davri sifatida qayd etildi. O‘tgan 2024-yil mart oyida rus xavfsizlik xizmati tomonidan tashkillashtirilganligi gumon qilingan “Crocus City Hall”da sodir etilgan terakt jamiyatda chuqur qo‘rquv hamda paranoid kayfiyatni uyg‘otgan bo‘lsa, tahlilchilar 2025-yilga kelib bu qo‘rquv tizimli, yaxshi tashkillashtirilgan, davlatning ma’lum qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan agressiv ksenofobiyaga aylanayotganini aytishmoqda. O‘tgan yillar davomida kuzatilgan tarqoq bezorilik holatlari o‘rnini endilikda “vatanparvarlik” niqobi ostida harakatlanuvchi harbiylashtirilgan guruhlarning muntazam reydlari, etnik tozalash elementlariga ega pogromlar va qonunchilik darajasidagi kamsitishlar egalladi… Jami 12 oyda Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab migrantlar va etnik rus bo‘lmaganlarga nisbatan 277+ hujum, 8 o‘lim holati rasman qayd etilgan. Afsuski, ushbu raqamlar “aysbergning uchi”, xolos. Aksariyat migrantlar deportatsiya qilinishdan yoki politsiyadan qo‘rqib shikoyat qilmaydilar. Haqiqiy raqamlar esa bir necha barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
Батафсил →

Ovqatlar ochlarni emas, axlatlarni to‘ydiryapti: Global manzara qanday?

So‘nggi yillarda chiqindilarni boshqarish masalasi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va iqtisodiy muammo sifatida ham dolzarblashmoqda. Toshkent shahrida bir sutkada o‘rtacha 3–3,5 ming tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lib, shundan taxminan 0,1 foizi — ya’ni 3–3,5 tonnasi non va oziq‑ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bir qarashda bu ko‘rsatkich kichikdek tuyulishi mumkin, ammo uni global miqyosdagi oziq‑ovqat isrofi bilan solishtirganda muammo qanchalik tizimli ekanini ko‘rish mumkin.
Батафсил →