$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Abduqodir Husanov “Real Madrid” va “Manchester Siti” nishonida bo‘lib turibdi

Husanov

Insayderlar futbolchiga Madrid, Manchester, London, Parij va nemis klublaridan qiziqishlar bo‘layotganini ma’lum qilishmoqda.

Yevropa grandlari nishoni

Futbol olamidagi eng ishonchli insayderlardan biri Fabritsio Romano o‘zining tarmoqdagi rasmiy sahifasida “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning qishki transferlar oynasidagi nishonlari ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, shaharliklar asosiy himoyachilari Ruben Diash va Jon Stounzning doimiy jarohatlari sabab o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachini sotib olmoqchi. Shuningdek, Husanov “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Lester”, “PSJ”, “Leypsig” va “Atletiko” klublarining ham qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. 

Madrid klubi qiziqishi 

Bugun tongda o‘zbek futbolida o‘zbek Romanosi deya nom qozongan insayder Narzulla Saydullayev futbolchiga Madridning “Real” jamoasi ham qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. ”Mendagi ma’lumotga ko‘ra, Abduqodir uchun kurashda “Siti”ga “Nyukasl”, “Real Madrid” va “Bayer” klublari jiddiy raqobat qilishmoqda. Mana shu 4 klub futbolchi uchun eng asosiy da’vogar. “Lans” Husanovni taxminan 40 million yevroga sotmoqchi. Moliyaviy feyr-pley tufayli ko‘plab ingliz klublari, jumladan “Manchester Yunayted” ham buncha pul sarflay olmaydi”, deb yozadi insayder.

Теги :
Jamiyat