$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston so‘z erkinligiga “yopilib” bormoqda

Telefon

Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti “Internet tarmog‘idagi erkinlik” yillik hisobotini e’lon qildi. 

O‘zbekiston internet tarmog‘i erkin bo‘lmagan davlatlar qatorida

Unga ko‘ra, tadqiqot 2023-yil iyunidan 2024-yil mayigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, hisobotda 72 da davlat tahlil qilingan va 3 ta toifaga ajratilgan: Internet tarmog‘i erkin, qisman erkin va erkin emas. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston 100 balldan 27 ball to‘pladi va Internet tarmog‘i erkin bo‘lmagan davlatlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, bu toifada Ozarboyjon, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Xitoy, Eron, Myanmar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA, Venesuela va Viyetnam ham bor. Xitoy va Myanmar dunyodagi eng yomon internet erkinligiga ega davlat sifatida qayd etilgan. Islandiya va Estoniya internet erkinligi sohasida yetakchilar sifatida tan olingan. Bu toifada Armaniston, Fransiya, Kanada, Gurjiston, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Afrika, AQSH va Buyuk Britaniya ham bor.

Internet erkinligi darajasi izchil pasayishda davom etmoqda

Hisobot mualliflarining ma’lum qilishicha, so‘nggi 14-yil davomida butun dunyo bo‘ylab internet erkinligi darajasi izchil pasayishda davom etmoqda. Internetdagi erkinlik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy sabablar qatorida saylovlarga aralashish va internetda o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirish uchun repressiyalarning kuchayishi qayd etilgan. Hisobotga ko‘ra, 2023-yilda kamida 43 mamlakatda odamlar o‘z fikrini bildirgani va internetda faol bo‘lgani uchun hujumga uchragan yoki o‘ldirilgan.

O‘zbekiston haqida

Yuqorida ko'rganingizdek, Freedom House 2024-yilgi hisobotida O‘zbekistonni internet erkinligi bo‘yicha hali ham "erkin emas" deb baholagan. Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatda internetga kirishni davlat tomonidan cheklash, senzura va onlayn faoliyatlarni kuzatish keng tarqalgan. Shuningdek, davlat nazoratidagi telekommunikatsiya kompaniyalari internetga kirishni cheklashda muhim rol o‘ynashi ma'lum qilinadi. Mustaqil jurnalistlar va blogerlar faoliyatiga tahdidlar mavjud bo‘lib, bu onlayn so‘z erkinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonda tanqidiy materiallar yoki fikrlarni blokirovka qilishga, ijtimoiy tarmoqlarda senzura o‘rnatishga harakat borligi, ko‘pincha mustaqil axborot manbalari va fuqarolik jamiyatining onlayn platformalari cheklovlarga uchrashi hisobotda qayd etilgan.

O‘zbekiston va Xitoy

Yana bir qiziq ma’lumot. Tashkilotining internetdagi erkinlikka doir 2020-yilgi ma’lumotida reyting tuzishda internet erkinligiga bo‘ladigan 9 ta tahdid inobatga olinganligi qayd etilib, dunyodagi ikkita davlatda shu tahdidlarning barchasi uchragani ma’lum qilinadi. Bular: O‘zbekiston va Xitoy. Internet erkinligiga bo‘ladigan tahdidlar sifatida esa quyidagilar keltiriladi:

•  ijtimoiy tarmoqlar yoki kommunikatsiya platformalari bloklangan;

•  siyosiy, ijtimoiy yoki diniy kontentga to‘siq qo‘yilgan;

•  AKT tarmoqlari qasddan buzilgan;

•  hukumatparast izohchilar onlayn muhokamalarni manipulyatsiya qilgan;

•  senzurani kuchaytiruvchi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;

•  kuzatuvlarni kuchaytiruvchi yoki anonimlikni cheklovchi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;

•  internetda siyosiy yoki ijtimoiy kontent yaratgan bloger yoki tarmoq foydalanuvchisi hibsga olingan;

•  bloger yoki tarmoq foydalanuvchisi jismoniy hujumga uchragan;

•  hukumat tanqidchilari yoki inson huquqlari tashkilotlariga texnik hujumlar bo‘lgan.

Теги :
Жамият