$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°
Yashil energiya

O‘zbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish 43 foizga o‘sdi

Energetika vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki oylaridan buyon quyosh va shamol generatsiyasi hisobiga ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi rekord darajaga — 2 milliard kilovatt-soatlik ko‘rsatkichdan oshib ketdi. Bu raqamlar respublikamizda energetika balansini diversifikatsiya qilish strategiyasi amalda o‘zining yuksak samaradorligini ko‘rsatayotganini anglatadi.
Батафсил →
Click

Click: naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tish fuqarolar uchun xavfsizlik va qulaylikni oshiradi

O‘zbekiston moliya tizimini raqamlashtirish yo‘lida qat’iy qadamlar tashlamoqda. Kundalik vazifalarni sezilarli darajada soddalashtiruvchi raqamli yechimlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. So‘nggi muhim yangiliklardan biri ko‘chmas mulk va avtomobillarni sotib olishda majburiy naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tish bo‘lib, ushbu tartib 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Батафсил →
cashless

O‘zbekiston naqd pulsiz kelajakka tayyormi? Dunyo tajribasi bizni nimadan ogohlantirmoqda?

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator muhim sohalarda naqd pul orqali to‘lovlar amalga oshirilishiga cheklovlar o‘rnatiladi. Xususan, davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar, alkogol va tamaki savdosi, shuningdek, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va 25 million so‘mdan yuqori bo'lgan xaridlar (ko‘chmas mulk va yangi transport vositalari savdosi) to'liq naqd pulsiz shaklga o'tkaziladi. PF–246-sonli Prezident Farmoni asosida joriy etilayotgan bu o‘zgarishlar, avvalo, iqtisodiyotdagi xufiyona aylanmani qisqartirish va moliyaviy shaffoflikni oshirishga qaratilgan.
Батафсил →

Narxlar 15 foizga qimmatlasa, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining narxlari qanday ko‘rinishga keladi?

Bundan biroz avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchi tashish sohasida barcha poyezd chiptalarining narxlarini oshirganligi haqida yozgan edik. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, shu bilan birga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15% ga oshirilishini ma’lum qildi va Afrosiyobning chipta narxlarini e’lon qildi.
Батафсил →
Boylar

Boylar vatani Eng ko‘p milliarder tug‘ilgan shahar ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng boy insonlar qayerda tug‘iladi? Ko‘pchilik bu savolga Nyu-York, London yoki boshqa yirik biznes markazlarini aytishi mumkin. Ammo raqamlar ba’zan boshqacha so‘zlaydi. Forbes’ning real vaqt rejimidagi milliarderlar ro‘yxati asosida o‘tkazilgan 2026-yilgi tahlil dunyo bo‘yicha 1 680 nafar milliarder qaysi shaharlarda tug‘ilganini o‘rgandi. Natijada kamida 10 nafar milliarder tug‘ilgan shaharlar xaritada alohida ko‘rsatildi. Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi yirik megapolislar bilan bir qatorda kichik va kutilmagan shaharlar ham bu ro‘yxatda bor.
Батафсил →