$
 12137.10
-50.58
 14307.21
-59.63
 158.53
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Uzum Market tovarlarni raqamli markirovkalashning ishlash tamoyili va talablarini yangilamoqda

Uzum

2026-yil 12-martdan boshlab Uzum Market’da Bust Top reyting va reklama vositasining ishlash mexanikasi hamda tovarlarni raqamli markirovkalashga qo‘yiladigan talablarga o‘zgartirishlar kuchga kiradi.

Uzum Market qidiruv natijalarida tovarlarni tartiblashning yangilangan usulini joriy etmoqda. Endilikda reklama qilinayotgan tovarlar umumiy ro‘yxatda ishtirok etadi va organik natijalar bilan birga ko‘rsatiladi. Bu shuni anglatadiki, sotuvchi avvalgidek qidiruvda qat’iy belgilangan joyni emas, balki qo‘shimcha namoyishlarni sotib oladi. Kartochka pozitsiyasi yangi algoritmlar bilan belgilanadi va quyidagi omillar majmuiga bog‘liq:

  • xaridorning qidiruv so‘roviga muvofiqligi;
  • tovar kartochkasining sifati (reyting, sharhlar, konversiya);
  • belgilangan reklama stavkasidan oshmasligi kerak.

Reklama stavkasi hali ham namoyishlar soniga ta’sir qiladi, ammo endi u kartochkaning sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq holda ishlaydi, dastlabki ikkita ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, tovarni ilgari surish xarajatlari shunchalik kam bo‘ladi. Yangilangan usul zamonaviy tartiblash algoritmlariga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilarga mos tovarlarni tezroq topish imkonini beruvchi yanada mos qidiruv natijalarini shakllantirishga qaratilgan. Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 2026-yil 12-martdan boshlab raqamli markirovkalash talablari yangilanmoqda. Har bir tovar takrorlanmaydigan noyob kodga ega bo‘lishi kerak. Kodning yo‘qligi, shikastlanishi yoki takrorlanishi omborga qabul qilishni rad etish va jarima solishga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, Xaridorlar uchun foydalanuvchi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritildi: tegishli sifatdagi tovarni qaytarish faqat shtrix-kod va «Asl belgisi» kodi (raqamli markirovka), zavod yorliqlari, plombalari, tovar ko‘rinishi va xaridni tasdiqlovchi hujjat saqlangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Yangilanish haqida batafsil ma’lumot havolada keltirilgan.

Reklama huquqlari asosida

Теги :
Jamiyat