$
 11969.66
-32.05
 13927.90
-56.49
 152.56
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Narxlar 15 foizga qimmatlasa, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining narxlari qanday ko‘rinishga keladi?

Bundan biroz avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchi tashish sohasida barcha poyezd chiptalarining narxlarini oshirganligi haqida yozgan edik. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, shu bilan birga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15% ga oshirilishini ma’lum qildi va Afrosiyobning chipta narxlarini e’lon qildi.

Xo‘sh, qolgan poyezdlarning bilet narxlari qanday ko‘rinishga keladi?

“Sharq”

  • Toshkent — Samarqand:

O‘rindiqli — 206 137,5 so‘m

  • Toshkent — Buxoro:

O‘rindiqli — 282 946 so‘m

  • Toshkent — Navoiy:

O‘rindiqli — 256 666,5 so‘m

  • Toshkent — Qarshi:

O‘rindiqli — 252 666,5 so‘m

  •  Toshkent — Jizzax:

O‘rindiqli — 175 892,5 so‘m

  • Toshkent — Guliston:

O‘rindiqli —  140 978,5 so‘m

“Nasaf”

  • Toshkent — Samarqand:

O‘rindiqli — 206 137,5 so‘m

  • Toshkent — Qarshi:

O‘rindiqli — 252 666,5

  • Toshkent — Jizzax:

O‘rindiqli — 175 892,5 so‘m

  • Toshkent — Guliston:

O‘rindiqli —  140 978,5 so‘m

“O‘zbekiston”

  • Toshkent — Andijon:

O‘rindiqli — 237 095,5 so‘m

  • Toshkent — Qo‘qon:

O‘rindiqli — 191 038 so‘m

  • Toshkent — Marg‘ilon:

O‘rindiqli — 221 743 so‘m

  • Toshkent — Pop:

O‘rindiqli — 175 892,5 so‘m

  • Toshkent — Namangan:

O‘rindiqli — 191 038 so‘m

Narxlarning bozor tamoyillariga o‘tishi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo‘nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tilgan.

Теги :
Jamiyat