$
 12258.38
16.21
 14455.08
-67.81
 159.49
-0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Click: naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tish fuqarolar uchun xavfsizlik va qulaylikni oshiradi

Click

O‘zbekiston moliya tizimini raqamlashtirish yo‘lida qat’iy qadamlar tashlamoqda. Kundalik vazifalarni sezilarli darajada soddalashtiruvchi raqamli yechimlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tish — yangi bosqich

So‘nggi muhim yangiliklardan biri ko‘chmas mulk va avtomobillarni sotib olishda majburiy naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tish bo‘lib, ushbu tartib 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Davlat xizmatlari bilan naqd pulsiz to‘lovlarning integratsiyasi ham kam ahamiyatga ega emas. Endilikda jarimalar, ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni mobil ilova orqali, muassasalarga borib navbatda turmasdan amalga oshirish mumkin. Barcha operatsiyalar avtomatik tarzda qayd etiladi, bu xatoliklar xavfini kamaytirib, hisob-kitoblarni xavfsiz va oldindan bashorat qilinadigan qiladi.

Naqd pulsiz to‘lovlar nimasi bilan qulay?

Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim vazifalarni hal qiladi va fuqarolar hayotini yanada qulaylashtiradi. Avvalo, ular xavfsizlikni oshiradi, chunki katta miqdordagi naqd pulni olib yurish zarurati yo‘qoladi, bu esa o‘g‘irlik va firibgarlik xavfini kamaytiradi. Shuningdek, bunday operatsiyalar vaqtni tejaydi: bankomat qidirish, valyuta almashtirish yoki navbatlarda turishga hojat qolmaydi, barcha to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank yoki to‘lov servislari orqali amalga oshiriladi. Bitimlar tezroq va shaffofroq bo‘ladi, har bir operatsiya tizimda qayd etilib, davlat va fuqarolar uchun aniq hisob yuritishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, naqd pulsiz hisob-kitoblar pul mablag‘larining yashirin aylanishini kamaytiradi va bozorni yanada barqaror qiladi, raqamli to‘lovlar esa mobil ilovalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan oson integratsiyalanib, foydalanuvchilarning vaqt va kuchini tejaydi.

Ushbu qarorlar asosida, shuningdek, har bir fuqaro katta operatsiyalarni xotirjam va ishonch bilan amalga oshirishi uchun mijozlarning xavfsizligi va qulayligi haqida g‘amxo‘rlik yotadi.

Naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni tayyorlashda mamlakatdagi yirik to‘lov servislarining ekspertlari, jumladan, Click rahbari Ulug‘bek Rustamov ham ishtirok etdi. U yirik bitimlarda naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tishni muhim va o‘z vaqtida qilingan qadam sifatida baholadi:

“Bunday yondashuvlar Yevropaning qator davlatlarida allaqachon muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda va xaridorlar hamda sotuvchilar uchun qo‘shimcha himoya bo‘lib xizmat qiladi, firibgarlik xavfini kamaytirib, operatsiyalarning shaffofligini oshiradi. Ushbu tajriba yirik to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirilganda bozor qanchalik xavfsiz va bashorat qilinadigan bo‘lishini yaqqol ko‘rsatadi. Bugun O‘zbekiston ham aynan shu yo‘nalishda — tizimli, izchil va ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda harakat qilmoqda”, — dedi Ulug‘bek Rustamov.

Raqamli to‘lovlar — iqtisodiyot shaffofligining asosi

Soha vakillari ta’kidlashicha, naqd pulsiz vositalarni rivojlantirish mamlakatning iqtisodiyot shaffofligini oshirish va fuqarolar qulayligi hamda biznes samaradorligiga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha strategik yo‘lining muhim qismidir.

Reklama huquqlari asosida