$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°
Epsteyn

“Yahudiy kardinal”, “gunohlar egasi”, “soyadagi hukmdor”: Jeffri Epsteyn kim?

2026-yilning 30-yanvar kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Adliya vazirligi (Department of Justice — DOJ) binosi atrofida kuzatilgan siyosiy va byurokratik taranglik, oddiy hujjatlar eʼlon qilinishi jarayoniga oʻxshamas edi. Vashingtondagi Jey Edgar Guver binosining yertoʻlalarida saqlanib kelingan va uzoq yillar davomida “davlat siri” yoki “shaxsiy daxlsizlik” pardasi ortiga yashiringan haqiqat, nihoyat, jamoatchilik hukmiga havola etildi. Bu shunchaki axborot sizib chiqishi emas, balki qonuniy majburiyat — 2025-yil noyabr oyida prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan “Epsteyn fayllari shaffofligi toʻgʻrisidagi Qonun” (Epstein Files Transparency Act — H.R. 4405) ijrosi edi.
Батафсил →
Doping

“Papaychilar olimpiadasi” AQShda hech qanday cheklovlarsiz sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi

Insoniyat sport tarixida yangi va bahsli sahifa ochilmoqda. Ko‘p yillar davomida dopingga qarshi kurash sportning axloqiy asosi hisoblanib kelgan bo‘lsa, 2026-yilda Las-Vegasda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Enhanced Games (Kengaytirilgan imkoniyatlar o‘yinlari) bu tushunchani butunlay inkor etadi. Ushbu musobaqa nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki zamonaviy farmakologiya va biotexnologiya yutuqlarini ham ochiqdan-ochiq namoyish etishni maqsad qilgan.
Батафсил →
mayin

1984-yilda yaratilgan multfilm yoxud tarmoqni “portlatgan” bashorat

Ijtimoiy tarmoqlar o‘ziga xos dunyo. Bu yerda birgina qisqa videoparcha, to‘g‘ri tanlangan (yoki ataylab o‘zgartirilgan) sarlavha va biroz mistika aralashgan ma’lumot soniyalar ichida virusdek tarqalib, yuz minglab odamlarni munozaraga chorlashi mumkin. X (sobiq Twitter) tarmog‘ida oddiygina multfilmdan olingan parcha bir necha kundan buyon xuddi shunday qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Videoning sarlavhasi ham odamlarni o‘ziga tortish uchun eng mukammal darajada tanlangan edi: "Butun dunyoni ogohlantirmoqchi bo‘lgan 1984-yilgi sovet multfilmi".
Батафсил →