$
 11937.60
-37.19
 13961.02
-47.09
 159.47
-0.17
weather
+26
Кечаси   +14°
usaid

USAID’ning tugatilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

AQSh Hukumati samaradorlik departamenti rahbari Ilon Mask USAID agentligi tugatilishi va u qayta tiklanmasligi haqida bayonot bilan chiqdi. Mustaqillikdan buyon tashkilot O‘zbekistonga 500 million dollarga yaqin mablag‘ ajratib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarida muhim loyihalarni moliyalashtirib kelayotgan edi. Xo‘sh, endi nima bo‘ladi?
Батафсил →
akkaunt

Internetdagi “soxta auditoriya”: Bu jarayonda O‘zbekiston qanday rol o‘ynayapti?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda minglab layk, obunachi yoki izohlarni ko‘ramiz. Ammo ularning hammasi ham haqiqiy odamlar emas. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, internetda feyk akkaunt yaratish alohida biznesga aylanib ulgurgan. Kembrij universiteti olimlari bu bozor qanday ishlashini o‘rganib, ayrim mamlakatlarda bunday xizmatlar qanchalik arzonligini ham tahlil qilgan. Qizig‘i bu jarayonda O‘zbekiston ham tilga olinmoqda. Xo‘sh, nega aynan bizning raqamlar orqali feyk akkaunt yaratish osonroq?
Батафсил →
Migrantlar boshiga balo

Migrantlar boshiga balo: Rossiyada millatchi guruhlar tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan jinoyatlar

2025-yil Rossiya Federatsiyasining zamonaviy tarixida etnik munosabatlarning eng keskinlashgan va migrantlarga nisbatan nafratning eng yuqori cho‘qqiga chiqqan davri sifatida qayd etildi. O‘tgan 2024-yil mart oyida rus xavfsizlik xizmati tomonidan tashkillashtirilganligi gumon qilingan “Crocus City Hall”da sodir etilgan terakt jamiyatda chuqur qo‘rquv hamda paranoid kayfiyatni uyg‘otgan bo‘lsa, tahlilchilar 2025-yilga kelib bu qo‘rquv tizimli, yaxshi tashkillashtirilgan, davlatning ma’lum qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan agressiv ksenofobiyaga aylanayotganini aytishmoqda. O‘tgan yillar davomida kuzatilgan tarqoq bezorilik holatlari o‘rnini endilikda “vatanparvarlik” niqobi ostida harakatlanuvchi harbiylashtirilgan guruhlarning muntazam reydlari, etnik tozalash elementlariga ega pogromlar va qonunchilik darajasidagi kamsitishlar egalladi… Jami 12 oyda Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab migrantlar va etnik rus bo‘lmaganlarga nisbatan 277+ hujum, 8 o‘lim holati rasman qayd etilgan. Afsuski, ushbu raqamlar “aysbergning uchi”, xolos. Aksariyat migrantlar deportatsiya qilinishdan yoki politsiyadan qo‘rqib shikoyat qilmaydilar. Haqiqiy raqamlar esa bir necha barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
Батафсил →