$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari endilikda Oksfordda malaka oshirishi mumkin bo‘ladi

hokim

Bu haqda Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining sobiq rahbari, O‘zbekiston Prezidentining xorijlik maslahatchisi Suma Chakraborti o‘zining LinkedIn tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

O‘zaro kelishuv tafsilotlari

Suma Chakrabortining yozishicha, yuqori salohiyatli O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Oksford universitetidagi “Said business school” maktabida malaka oshirishni tashkil qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yangi dasturini boshlash masalalarini O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Sardor Umrzoqov bilan muhokama qilishgan. Ular davlat xizmatchilarini ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ham fikr almashishgan. Umrzoqov davlat xizmatchilarini to‘liq ish soatiga amal qilishlari tarafdori ekanligini aytib o‘tgan. 

Suhbat mavzusi

O‘zbekiston Prezidentining xorijlik maslahatchisi tarmoqdagi sahifasida quyidagicha yozib qoldiradi: "Oliy Majlisning so‘nggi saylovlaridan keyin Toshkentga qaytdim va aziz do‘stim, islohotchi Sardor Umrzoqov bilan uchrashdim. Quyidagi masalalar yuzasidan muhokama yuritdik: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha yutuqlar, Said Business School tomonidan yuqori salohiyatli o‘zbek davlat xizmatchilari uchun amalga oshirilayotgan ta’lim dasturi va FDI dasturining boshlanishi kabi islohotlarning keyingi bosqichlari haqida yaxshi suhbat qildik",

Vazirliklar xodimlarining ish samaradorligini oshirish

"Bundan ham muhimrog‘i, Sardor Umrzoqov davlat xizmatchilari o‘z ish uslublarini o‘zgartirib, mamlakatni transformatsiya qilishda qanday yordam bera olishi haqida fikr yuritdi. U aytadiki, agar vazirliklar xodimlari muntazam ish soatlari bo‘yicha ishlashsa va bugungi kundagidan ko‘ra ko‘proq oilalari bilan vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishsa, bu ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda. Men bu fikrni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, chunki o‘tmishda Buyuk Britaniya davlat xizmati tizimida eng yuqori darajalarda moslashuvchan ish tartibini joriy qilish tajribasiga ega bo‘lganman”,deya yozmoqda Suma Chakraborti o‘zining LinkedIn tarmog‘idagi sahifasida.