$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga o‘tmoqda

InnoWeek 2024

Bugun, 15-noyabr kuni “InnoWeek.uz-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar biznes forumi bo‘lib o‘tdi. 

Anjuman haqida

O‘zbek-Eron innovatsion texnologiyalar biznes forumida 80 nafardan ortiq kompaniyalar, eronlik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar, ilm-fan vakillari, davlat boshqaruv organlari, hokimliklar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari hamda tadbirkorlar o‘z ma’ruzalarida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek, innovatsiyalar, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga chiqarish dolzarb ekanligini bildirdilar.

Texnologiyalar sohasidagi qoloqlikni bartaraf etish qiyin

Forumda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy nutq irod etib, ikki mamlakat o‘rtasida texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlarini sanab o‘tdi. “Birinchidan, texnologiyalar sohasida kiritilgan har qanday xarajat kattaroq foyda keltiradi. Ikkinchidan, xalq farovonligi na taraqqiyoti texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga bog‘liq. Uchinchidan, texnologiyalar sohasidagi qoloqlikni bartaraf etish ancha qiyinroq va og‘irroqdir. To‘rtinchidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlik qilmasdan turib texnologiyalar sohasida taraqqiyotga erishish qiyinroq bo‘ladi”, deya ta’kidlab o‘tdi elchi.

B2B uchrashuvlari

Farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va veterinariya, axborot texnologiyalari, neft-gaz va kimyoviy texnologiyalar, konchilik va metallurgiya sanoati sohalarida bo‘lib o‘tgan B2B uchrashuvlarida eronlik tadbirkorlar o‘zbekistonlik hamkorlari bilan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirdilar. Shuningdek, tadbir doirasida Eronning sanoat yo‘nalishidagi “Tamin Petro”, “GAAMELECTRIC” kabi yirik kompaniyalari o‘zi innovatsion mahsulotlarini namoyish qildilar.

Теги :
Iqtisodiyot