Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Tadqiqot: Z avlod vakillari insoniyat tarixidagi eng boy avlodga aylanishi mumkin

Mazkur avlod vakillari yuqori sifatli mahsulotlar uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor.

1 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Z avlod vakillari insoniyat tarixidagi eng boy avlodga aylanishi mumkin

Tadqiqotlarga qaraganda, Z avlod vakillari insoniyat tarixidagi eng boy avlodga aylanishi mumkin. Chunki, mazkur avlod vakillari yuqori sifatli mahsulotlar uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor ekanligi aniqlangan. 

Z avlod vakillari uchun sifat hamma narsadan ustun

Ma’lum qilinishicha, qimmat alkogol iste’molchilari Z avlod vakillari ekanligi aniqlangan. Mashhur alkogol ishlab chiqaruvchi brend vakilining aytishicha, ular kam ichadi, biroq bu ishni sifatli bajarishni ma’qul ko‘rishadi.

Shuningdek, ushbu avlod xaridlarda sifatli mahsulotlar uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor. Bain & Company kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga borib, hashamatga oid tovar xaridlarining yarmidan ko‘pi hozirgi avlod ulushiga to‘g‘ri keladi.  

Ta’bi nozik xaridorlar

Ammo mashhur brendlarga ushbu auditoriyani o‘z mahsulotlariga jalb qilish oson kechmayapti. Hatto boy oila farzandlari ham lyuksdan ko‘ra ko‘proq taassurotlar va individual yondashuvni afzal bilishadi. Ularni nima bilandir jalb qilish kerak.