$
 12555.16
-25.11
 13430.25
-16.8
 147.69
2.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Jizzaxda yuk vagonlarini ishlab chiqaruvchi zavod quriladi

Yuk vagoni

Sanoat energetika guruhi, "G'allaaral Management" kompaniyasi va Slovakiyaning "AZC Orbis Invest" sanoat guruhi o'rtasida memorandum imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Slovakiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy hamda kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda hamkorlik va ushbu imzolangan memorandum doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida to'xtalib o'tdi.

G'allaorolda katta zavod barpo etiladi

Imzolangan memorandumga asosan Jizzax viloyatidagi "G'allaorol" maxsus sanoat zonasi hududida temir yo'l yuk vagonlarini ishlab chiqaruvchi zavod quriladi.

- Ushbu loyiha kompaniyamiz va butun O'zbekiston sanoati uchun muhim qadamdir, - dedi Sanoat guruhi bosh direktori To'lqin Yusupov. - Yuk vagonlarini ishlab chiqarish zavodi logistika infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilaydi va transport operatsiyalari samaradorligini yaxshilaydi.

Har yili 2000 mingga yaqin yuk vagonlari ishlab chiqiladi

Shuningdek, ushbu quriladigan zavod vagon-sisternalar, xopperlar, yarimvagonlar hamda yopiq vagonlari singari har xil turdagi vagonlarni ishlab chiqarish bo'yicha to'liq liniyaga ega bo'ladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 2 mingga yaqin vagonni tashkil qiladi. Bu kabi imkoniyatlar O'zbekiston logistika tizimi rivojida katta ahamiyatga ega.

Slovakiyaning "AZC Orbis Invest" sanoat guruhi ishlab chiqarishni samarali ishga tushirish hamda yo'lga qo'yish uchun zarur bo'lgan texnik tajriba va texnologiyalarni taqdim qiladi. 

- O'zbekistonda yaxshi bozor imkoniyatlarini ko'ryapmiz. Ishonchim komilki, bizning hamkorligimiz logistika va sanoatda sezilarli yaxshilanishlarga olib keladi, - deydi "AZC Orbis Invest" sanoat guruhi ijrochi direktori Robert Spisak.

Теги :
Жамият