Shanba, 31-oktabr, 2026
Havo 92 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +18° kechasi +9°

“Mamlakat intellektual salohiyati imkoniyatlar bilan belgilanadi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva beshinchi mavsumi o‘tkazilgan “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining yakunlari haqida fikr bildirdi. Bu yil musobaqada qariyb 6 ming nafar ishtirokchi qatnashdi. Ularning 633 nafari ayollar va qizlardan iborat bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva turnirning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, beshinchi mavsumda musobaqaga qiziqish sezilarli darajada oshgan. O‘tgan yilga nisbatan qatnashchilar soni ikki barobar ko‘payib, qariyb 6 ming nafarga yetgan. Ularning 633 nafari ayollar va qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Prezident administratsiyasi rahbari bu natijani jamiyatda intellektual bellashuvlarga e’tibor kuchayayotgani, yoshlarning bilim olishga intilishi va o‘z salohiyatiga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganining ko‘rsatkichi sifatida baholadi.

“Zakovat” yoshlarning fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning xalqaro shaxmat maydonida erishayotgan yutuqlari muhimligini ta’kidlar ekan, mamlakat ichida ham har bir inson o‘zining aqliy va intellektual imkoniyatlarini namoyish eta olishi uchun sharoit yaratish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlashicha, “Zakovat” loyihasining vazifasi faqat iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni keng jamoatchilikka tanitish bilan cheklanmaydi. Musobaqa orqali ishtirokchilarda mustaqil fikrlash, tafakkur madaniyati va turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari ham rivojlanadi.

Prezident administratsiyasi rahbari mamlakatning kelajagi yosh avlodning faqat qancha bilimga ega ekaniga emas, balki bu bilimlardan qay darajada foydalana olishi va keng fikrlash qobiliyatiga ham bog‘liqligini qayd etdi.