Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Olimlar yurak xastaliklari xavfini kamayishiga yordam beruvchi 6 ta mahsulot nomini aytishdi

Makmaster universiteti tadqiqot natijalarini e'lon qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar yurak xastaliklari xavfini kamayishiga yordam beruvchi 6 ta mahsulot nomini aytishdi

Olimlar yurak xastaliklari xavfini kamayishiga yordam beruvchi 6 ta mahsulot nomini aytishdi

Makmaster universiteti tadqiqot natijalarini e'lon qildi.

Kaloriyali ovqatlanmaslik, yurak kasalliklarini yuzaga keltirib chiqaradi

Makmaster universiteti va Gamilton sog'liqni saqlash instituti olimlari oltita asosiy oziq-ovqatni yetarli darajada iste'mol qilmaslik kattalarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishini aniqladi. 

Tadqiqot natijalari Makmaster universiteti saytida e'lon qilingan. Mualliflar davom etayotgan keng ko'lamli global PURE tadqiqotidan olingan ma'lumotlarni tahlil qildilar. 

Shunga o'xshash tadqiqotlardan farqli o'laroq, mualliflar ishida yuqori, o'rta va past daromadli mamlakatlar ma'lumotlari mavjud. 

Yong'oq, sut va mevalar salomatlik garovi!

Tadqiqotlar natijasida shu ma'lum bo'ldiki, quyidagi 6 ta mahsulotlarni ratsionga kiritish yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan, yurak xuruji va insult xavfini sezilarli darajada kamaytiradi: - meva, - sabzavot, - dukkaklilar, - yong'oqlar, - baliq, - to'liq sut mahsulotlari. 

Shuningdek, olimlar kuniga ikki-uch porsiya meva, ikki-uch porsiya sabzavot? Bir porsiya yong'oq va ikki porsiya sut mahsulotlarini iste'mol qilishni tavsiya qilishdi. 

Jumladan, dukkaklilarni haftada uch-to'rt marta va baliqni ikki-uch marta iste'mol qilish tavsiya etiladi. 

Har yili 18 mlnga yaqin inson yurak kasalligidan vafot etadi

Jahon sog'liqni salqash tashkilotining hisob-kitoblariga qaraganda, yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo'ylab o'limning asosiy sababi bo'lib, har yili undan taxminan 17,9 million nafar inson vafot etadi.