$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Toshkentda YTHlar sonini kamaytirish uchun nimalar qilish rejalashtirilmoqda?

yth

Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish va halokatli avariyalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi. Ushbu qarorga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va harakat xavfsizligini yaxshilash uchun bir qator muhim tadbirlar amalga oshiriladi. Toshkent shahar IIBB YHXBga zaruriy moliyalashtirish takliflarini ishlab chiqish va yo‘l harakati qoidalarini buzishning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi. 

YTHlarning asosiy sabablari va rasmiy statistika

2024-yil davomida Toshkent shahrida 1 280 ta YTH sodir bo‘lib, ulardan 91 tasi o‘lim bilan yakunlangan, yana 1 189 kishi jarohat olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, YTHlarning eng katta qismi piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasligi (720 ta holat) va tezlikni me’yoridan oshirish (98 ta holat) sababli yuzaga kelgan. Kengash qarorida ushbu ma’lumotlar yo‘l harakati xavfsizligini jiddiy nazorat qilish zarurligini ko‘rsatib turgani ta’kidlangan. 

Bundan tashqari, 2024-yilda O‘zbekiston bo‘ylab 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu avariyalarda 2 203 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 8 901 nafar fuqaro turli darajadagi jarohatlar olgan. 

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar

Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXBga qator muhim choralarni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Tezlik oshirish bilan bog‘liq YTHlarni kamaytirish maqsadida 10 ta mobil fotoradar xarid qilinishi, bu esa yo‘llarda tezlik cheklovlarini qat’iy nazorat qilish imkonini berishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, texnik nazorat bo‘limlari zamonaviy diagnostika uskunalari bilan ta’minlanadi, bu esa transport vositalarining texnik holatini yaxshiroq nazorat qilishga yordam beradi. Piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishini kamaytirish uchun ayrim hududlarda metall to‘siqlar o‘rnatish ham reja qilingan, bu esa yo‘l harakati tartibiga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Bolalar ishtirokidagi YTHlarning oldini olish maqsadida 2025-yilda Toshkent ko‘chalarida 12 ta bo‘rtma piyodalar o‘tish joylari tashkil etiladi. Shu bilan birga, texnik nazorat bo‘limlari qo‘shimcha ravishda 48 ta zamonaviy diagnostika uskunalari bilan ta’minlanadi.

Avvalgi statistik ko‘rsatkichlar

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok boʻldi, ulardan 10 nafari — bolalar. 1248 kishi (235 bola) jarohat oldi, xususan, 10 nafari umrbod nogiron boʻlib qoldi.

2022-yilda esa Toshkent shahrida 1200 ta YTH sodir boʻlgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga etmagan vafot etgan

Теги :
Jamiyat