$
 12593.77
90.78
 14698.19
213.48
 158.49
2.55
weather
+26
Кечаси   +14°

1-kurs talabalari uchun yotoqxonaga ariza topshirish boshlandi

Yotoqxona

Ma’lumki, 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Endilikda talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza qanday topshiriladi?

Ariza topshirishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Shunchaki my.gov.uz portaliga kirib, tegishli xizmatni tanlash va ko‘rsatmalarga amal qilish kifoya. Portalning YouTube sahifasidagi ariza topshirish bo‘yicha yo'riqnomani ko‘rib, ariza topshirishni o‘rganish mumkin.

Kimlarga ustuvorlik beriladi?

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”);

Nogironligi bo‘lgan talabalar;

Bir oiladan ikki va undan ortiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar;

Fan olimpiadalari g‘oliblari;

“Yil talabasi” va boshqa tanlovlar g‘oliblari;

Talabalar turar joyida faol talabalar (masalan, talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori).

Arizalarni o‘quv yili oxirigacha topshirish mumkin.

Теги :
Jamiyat