$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etilmoqda

jamg

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi. 14-fevral kuni “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Jamg‘arma mablag‘i 100 million dolllargacha yetkaziladi

Qarorga muvofiq, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.

Jamg‘arma ko‘magida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Jamg‘arma negizida venchur jamg‘arma tuziladi

Belgilangan daryo, kanal va sohil bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun o‘rnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligining Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma huzurida ustav fondi 10 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamg‘arma tashkil etiladi.

Xorijiy bozorga chiqish imkoniga ega startap loyihalarga 2 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Shuningdek, qarorga ko‘ra, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan nufuzli tanlovlarda g‘olib (sovrindor) bo‘lgan startap loyihalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha venchur jamg‘arma tomonidan 2 milliard so‘mgacha investitsiya mablag‘lari ularning ustav fondiga ulush sifatida kiritish orqali ajratiladi:

istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan namunaviy modelni ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga – 500 million so‘mgacha;

O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga – 1 milliard so‘mgacha;

xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihaga – 2 milliard so‘mgacha;

Savdo-sanoat palatasi hamda joylardagi hokimliklar:

Jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun shaxsan mas’ul etib belgilanadi;

har chorakda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga takliflar kiritib boradi.