$
 12178.85
49.84
 14053.18
84.2
 146.54
-1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Bankda karyera qanday quriladi? MKBANK yoshlarga eshik ochmoqda

MKBank

Kecha, 19-mart kuni MKBANK bosh ofisida bank tizimida ishlayotgan yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Boshqaruv raisi Otabek Butayev yoshlar bilan bevosita suhbat qildi. Uchrashuvda yoshlarning kasbiy rivoji, salohiyatini ro‘yobga chiqarish va malakali kadr sifatida shakllanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Har payshanba ochiq muloqot kuni

Yangi formatdagi bunday uchrashuvlar g‘oyalar almashinuvi va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maydoniga aylanishi kutilmoqda. Bank ma’muriyatining malum qilishicha, ochiq muloqotlar endi muntazam o‘tkaziladi. Har payshanba kuni rahbariyat joylarga chiqib, yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiladi.

Reklama huquqlari asosida