$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda

Zo

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) prezidenti Il Su Xa bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar berdi.

Aniq kelishuv

Maʼlum qilinishicha, uchrashuv davomida O‘zbekistonning ijtimoiy yo‘nalishda olib borayotgan siyosati, jumladan jamiyatning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda nogironlar uchun maxsus markazlarni yaratish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik hujjati loyihasini shakllantirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.

Kunduzgi markazlar

Tadbir davomida O‘zbekistonda keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kunduzgi markazlarni tashkil etish, Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari modelini joriy etish hamda ijtimoiy himoya va tibbiy yordam xizmatlarini integratsiyasi jarayonini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv salohiyatini oshirish hamda Samarqandda sil kasalligini aniqlash va davolashni kuchaytirish kabi loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Теги :
Jamiyat