$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev YOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga kirishni osonlashtirmoqchi

Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

2024-yilda YOII mamlakatlari bilan Tovar ayri boshlash hajmi 11 foizga oshgan

Uchrashuvda ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Prezident O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. 2024-yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi.

YOII mamlakatlari bilan vizasiz harakat

O‘zbekiston ushbu qarorni amalga oshirishi orqali hududiy integratsiyani kuchaytirish, savdo, investitsiyalar va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu tashabbus, shuningdek, YOII mamlakatlari bilan vizasiz harakatni yanada soddalashtiradi va fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni osonlashtiradi.

2025-yilda YOII kengashi Toshkentda bo‘lishi mumkin

Shuningdek, Mirziyoyev o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, elektron ma’lumotlar almashinuvini joriy etish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashni ta’kidladi. 2025-yilda Toshkentda YOII Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish taklif qilindi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Теги :
Jamiyat