$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonda ko‘chmanchi yirtqich qushlarga GPS-moslamalar o‘rnatilmoqda

qushlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda ko‘chmanchi yirtqich qushlarni ulardagi GPS kuzatuv qurilmalari yordamida monitoring qilish ishlarini olib bormoqda.

Maqsad nima?

Bu harakat O‘zbekiston va Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda yirtqich qushlarni muhofaza qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, qushlarning parvoz yo‘nalishi, masofasi, balandligi, parvoz tezligi va ularga tahdidlar haqida ma‘lumot olish imkonini yaratadi. Olingan ma’lumotlar yirtqich qushlarning turmush tarzini batafsil o‘rganish va ularni asrash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga yordam beradi.

Qurilma qanday ishlaydi?

Ayni bosqichda jo‘rchi va tasqara qushlariga GPS-moslamalar biriktirilgan. Qurilmaning og‘irligi 30-50 gramm, mustahkam mahkamlangan va qushni bezovta qilmaydi, shuningdek, har soatda ma‘lumot uzatadi. Qurilmalar quyosh panellaridan quvvat oladi.

Ma’lumot uchun: Markaziy Osiyo parvoz yo‘li (CAF) Yevroosiyo qit’asining markaziy qismidan o‘tadi. U 30 ta davlatni qamrab oladi va Afrika-Yevrosiyo hamda Sharqiy Osiyo-Avstralaziya yo‘nalishlari bilan bir-biriga mos keladi. 

Bu yerda 84 oilaga mansub 605 turdagi ko‘chmanchi qushlar yashaydi. Ular orasida yirtqich qushlar alohida o‘rin tutadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ma’lumotlariga ko‘ra, bu turlarning kamida 40 foizi butun dunyoda kamayib bormoqda va 48 tur yo‘qolib ketish xavfi ostida qolmoqda.

Теги :
Jamiyat