$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Katanes qaytdi, O‘runov ketdi: Bugun O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig‘inga kirishadi

UFA

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralash bahslarining navbatdagi turi oldidan Qatarda yig‘inga kirishadi.

Terma jamoa yig‘ini

Ma’lum bo‘lishicha, oktyabr oyidagi uchrashuvlarni sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘tkazib yuborgan terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes kecha Qatarga yetib borgan va u bo‘lajak uchrashuvlarga jamoani o‘zi tayyorlaydi. Shuningdek, kecha tunda “Lans” klubi himoyachi Abduqodir Husanov, Umar Eshmurodov ham Qatarga yetib borgan. Bugun ham qolgan legioner futbolchilar birin-ketin terma jamoa lageriga qo‘shilib boradi. 

Tarkibda o‘zgarish bor

Kuni kecha O‘zbekiston milliy jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlari uchun e’lon qilingan qaydnomada o‘zgarish bo‘ldi. “O‘zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olgan futbolchimiz Oston O‘runov tiklanish jarayoni sababli, shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra bu galgi yig‘inda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. Futbolchimiz tez fursatda sog‘ayib, keyingi yig‘inlarda safga qaytishini tilab qolamiz” , — deb yozadi O‘FA matbuot xizmati. Jarohatidan tiklanmagan Oston O‘runov (“Persepolis” ) o‘rniga “Neftchi” hujumchisi Azizbek Amonov jalb etildi. Ma’lumot uchun, avvalroq O‘runov o‘ynaydigan “Persepolis” jarohati bor futbolchini klub ruxsatisiz maydonga tushirgani uchun O‘FA ustidan FIFAga shikoyat yo‘llagani xabar qilingandi.

Qatar — O‘zbekiston

O‘zbekiston 14-noyabr kuni safarda Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi. Qatar — O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Chaye Sangheop. VARda esa Kim Heyegon faoliyat olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

KXDR — O‘zbekiston

Terma jamoa FIFA kunlarida o‘zining navbatdagi o‘yinini 19-noyabrda, Laosda KXXRga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan. KXDRga qarshi safar uchrashuvda quvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida start oladi. 

Теги :
Jamiyat