O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari yerni o‘z egalaridan noqonuniy ravishda tortib olmoqda
O‘zbekistonda yer muntazam ravishda qurilish kompaniyalari foydasiga, jamoat manfaatlariga zid ravishda qayta taqsimlanyapti.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yer muntazam ravishda qurilish kompaniyalari foydasiga, jamoat manfaatlariga zid ravishda qayta taqsimlanmoqda. Bu xulosa Olster universiteti Davlat boshqaruvi markazi tadqiqotchilarining “Qonuniylikning soxta hissi” nomli ma’ruzasida keltirilgan.
Yer ajratish ko‘pincha davlat hokimiyatining suiiste’mol qilinishiga olib kelmoqda
Ma’ruzada 2017 – 2024-yillar oralig‘ida mulkni majburiy olib qo‘yish holatlari o‘rganilgan. Tadqiqotchilar amaldorlar va ularning yaqinlari bunday amaliyotlarning asosiy manfaatdorlari bo‘lib qolayotganini ta’kidlamoqda.
“Xususiy tijorat qurilishlariga yer ajratish ko‘pincha davlat hokimiyatining suiiste’mol qilinishiga olib kelmoqda. Bu holat O‘zbekiston Jinoyat kodeksi va Konstitutsiyasini buzishi mumkin”, – deyiladi hisobotda.
Ma’muriy sudlar noqonuniy qarorlarni bekor qilishga tayyor emas
Fuqarolar bunday holatlarda amalda hech qanday choralar ko‘ra olmaydi, chunki “ma’muriy sudlar noqonuniy qarorlarni hatto nazorat organlari, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan qoralangan taqdirda ham bekor qilishga tayyor emas”.
Tadqiqotchilar xalqaro moliya institutlari va xususiy kompaniyalarni O‘zbekistonda mulkning noqonuniy o‘tkazilishiga qarshi tartib-taomillarni kuchaytirishga, ularning ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalarni sinchkovlik bilan tekshirishga chaqirmoqda.



