$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

2030-yilga borib yashirin iqtisodiyot hajmi ikki barobarga qisqaradi – Mubin Mirzayev

Yashirin iqtisodiyot

2030-yilga borib O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmini 2 barobarga qisqartirish rejalashtirilgan. Bu haqda 18-dekabr kuni Senatning ikkinchi yalpi majlisida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

2025-yilda budjetga qo‘shimcha 20 trln. so‘m mablag‘ jalb qilinadi

U o‘z nutqida Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganini ma’lum qildi.

Qo‘mita 2025-yilda budjetga qo‘shimcha 20 trln. so‘m mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda. Birinchi navbatda soxta tadbirkorlik holatlarini aniqlash hisobiga budjetga 3,5 trln. so‘m mablag‘ undiriladi.

Ikkinchi yo‘nalish

Ikkinchi yo‘nalish sifatida Mirzayev tovar va xizmatlar narxini manipulyatsiya qilish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishni ta’kidladi, bu 1,5 trln. so‘m tushumini ta’minlashi kerak. Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini nazorat qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar natijasida 1 trln. so‘m undirilishi belgilangan.

Yashirin iqtisodiyot 2 barobarga qisqaradi

Bundan tashqari, “korxonabay” tizimi doirasida bojxona imtiyozlarini, shuningdek, boj, QQS, utilizatsiya yig‘imlarini to‘lashdan bosh tortish borasida narxlarni pasaytirish maqsadida bojxona deklaratsiyalarini o‘rganish orqali 4,3 trln. so‘m undiriladi.

“Kelgusi besh yilda yashirin iqtisodiyot ulushini 2 barobarga qisqartirish rejalashtirilgan. Buning uchun Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Bosh prokuratura jonlantirilgan tartibda birgalikda ishlaydi”, — deya xulosa qildi Mubin Mirzayev.

Yashirin iqtisodiyotning zarari

Ma’lumot uchun, yil boshida prezident yashirin iqtisodiyotdan YIMga 135 trln. so‘m, budjetga 30 trln. so‘m tushum yo‘qotilganini qayd etgandi. Masalan, qurilish korxonalarining 41 foizi hisobotida faqat 1 ta ishchisini ko‘rsatgan.

Shuningdek, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda “yashirin” iqtisodiyot hajmi 100 trln. so‘mga yaqinlashgan, uning 80 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Теги :
Jamiyat