$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqandda “Yashil makon”dagi daraxtlarga ziyon yetkazgan mansabdorlar jarimaga tortildi

yashil makon

62 nafar mansabdor ekilgan daraxtlarni parvarishlash choralarini ko‘rmagan.

Daraxtlarga e’tiborsizlik qilinayotganligi nazorat tadbirlarida fosh bo‘lgan

Ushbu jarayon Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va uning shahar-tumanlar inspeksiyalari davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning iyun va iyul oylarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish ishlari amalga oshirilishi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.

221 million jarima

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zlariga tegishli bo‘lgan hududlarda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash choralarini ko‘rmagan 62 nafar mansabdorlarga nisbatan, jami 221 mln. so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”ning 79-moddasi 3-qismiga asosan: - mansabdor shaxslarga — BHMning o‘n barobaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.