Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd. kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
Energetika vazirligi Axborot xizmati “yashil” energiya ishlab chiqarishning hisobotini taqdim etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan joriy yil boshidan buyon 2 mlrd. kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qildi.
Yil boshidan buyon 2 mlrd. kVt/soat energiya
Unga ko‘ra, kecha 17-iyul kuni soat 18:20 holatiga O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 2 mlrd. kVt⋅soatga yetdi.
Bugungi kunda mamlakatimizning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Atmosferaga 860,7 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi
Buning natijasida:
· 655,5 mln. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
· atmosferaga 860,7 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Ma’lumot uchun: mazkur 2 mlrd. kVt⋅soat elektr energiyasi 1 mln. 538 ming 462 ta xonadonning 6,5 oylik yoki 833 ming 333 ta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.



