$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun “yashil” kreditlar beriladi

yashil kredit

O‘zbekiston hukumati qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni joriy etdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarorida batafsil bayon etilgan. Hujjat bilan bir qator muhim yangiliklar kuchga kirdi.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash

Qayta tiklanadigan energiya sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash ushbu qarorning asosiy maqsadlaridan biridir. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan “yashil” kreditlar ajratilishi kengaytirilib, ularning shartlari yanada qulaylashtirildi. Endilikda quyidagi yangi yo‘nalishlar uchun kreditlar ajratiladi:

Mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni o‘rnatish;

Biogaz ishlab chiqarish uskunalari va qurilmalari;

Issiqlik nasoslari va qurilish izolyatsiya materiallarini sotib olish;

Energiya tejamkor gaz-gorelka qurilmalari va qozonlarni xarid qilish.

“Yashil” kreditlar shartlari qanday yumshatildi?

Ilgari “yashil” kreditlar faqat quyosh va shamol elektr stansiyalari yoki quyosh suv isitkichlari uchun ajratilgan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan keng ko‘lamli yo‘nalishlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari:

Kredit foizlarini qoplash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmasligi haqidagi cheklov bekor qilindi.

Kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.


Hukumat hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Energetika vazirligi va boshqa idoralar faoliyatini tartibga soluvchi beshta hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ulardan biri qayta tiklanadigan energiya manbalariga oid uskunalarni xarid qilish xarajatlarini qoplash tartibi bo‘lib, aholi uchun mahalliy ishlab chiqarilgan uskunalar xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish imkoniyati davom ettiriladi.

Теги :
Jamiyat