Qaysi bozorlarda bayram yarmarkalari tashkil qilinadi?
Poytaxt hokimligi yarmarkalar orqali fuqarolar arzon narxlarda mahsulotlarni xarid qilishlari mumkinligini maʼlum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda maxsus arzonlashtirilgan narxlardagi savdo yarmarkalari tashkil etilganini maʼlum qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
Bayram yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxati quyida keltirilgan:
· Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori”;
· Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori”;
· Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori“;
· Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori”;
· Mirzo Ulugʻbek tumani — “Navroʻz dehqon bozori“;
· Yunusobod tumani — “Oloy dehqon bozori”;
· Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori”;
· Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori”;
· Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori”;
· Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori”;
· Bektemir tumani — “Qoʻyliq dehqon bozori”;
· Olmazor tumani — “Qora qamish dehqon bozori”.
Yangi yil archasi
Bundan avval Toshkent shahar hokimligi yangi yil arafasida Toshkentda bayram tantanalari nishonlanadigan va bayram archalari o‘rnatiladigan manzillarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinib, 25-dekabr — 10-yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.



