Poytaxtdagi yangi yil archalari qayerlarda o‘rnatiladi?
Toshkent shahar hokimligi Toshkentda bayram tantanalari nishonlanadigan va bayram archalari o‘rnatiladigan manzillarni e’lon qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi yangi yil arafasida Toshkentda bayram tantanalari nishonlanadigan va bayram archalari o‘rnatiladigan manzillarni e’lon qildi.
“Poytaxtimizdagi ko‘plab maskanlarda bir-biridan ko‘rkam qilib bayram archalari bezatilmoqda”, – deyiladi hokimlik xabarida.
Asosiy archa doimgi joyida
Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinib, 25-dekabr — 10-yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.
Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
· Bektemir tumani: “Food city” majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
· Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
· Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
· Sergeli tumani: Tuman markaziy hiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
· Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
· Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
· Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
· Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
· Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
· Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
· Chilonzor tumani: “Magic city” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
· Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
· Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
· Yangihayot tumani: "Mehrigiyo" 24/7 savdo va xizmat ko'rsatish ko'chasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;



