Yandex Go taksi narxlarini oshirgani uchun ogohlantirildi
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go’ni monopol mavqega ega kompaniyalar deb e’lon qilgan edi Qonunchilikka ko‘ra, monopol kompaniyaning yuqori narx belgilashi taqiqlangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Dekabr oyida Yandex Go platformasida taksi xizmatlari narxlari oshgani kuzatilmoqda. Bu holat yuzasidan iste’molchilar Raqobat qo‘mitasiga shikoyat yo‘llagan. Qo‘mita kompaniyani narxlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora ko‘rishga ogohlantirdi.
Narxlardagi keskin o‘zgarishlar
Dekabr oyining dastlabki 10 kunida Yandex Go platformasining xizmat narxlari monitoring qilinganda, narx dinamikasida keskin o‘zgarishlar kuzatilgan. Iste’molchilar tomonidan bildirilgan e’tirozlar Raqobat qo‘mitasi e’tiboriga tushgan va ushbu holatlar bo‘yicha kompaniya ogohlantirilgan.
Monopol kompaniya uchun qonunchilik talablari
Eslatib o‘tamiz, Raqobat qo‘mitasi avvalroq Yandex Go, Yandex Eats va Express24 platformalarini O‘zbekistonda monopol mavqega ega kompaniyalar deb e’lon qilgan edi. Bu kompaniyalar xizmat narxlarini shakllantirishda mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi ta’kidlangan. O‘zbekistonning “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni monopol mavqega ega kompaniyalarning yuqori narx belgilashini taqiqlaydi. Qo‘mita Yandex Go kompaniyasini narxlarni pasaytirish va narx belgilash algoritmini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi.



