$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shiladi

AES

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro yadro xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus farmonni imzoladi.

Yuridik shaxslar uchun qo‘yiladigan talablar 

Hujjatga ko‘ra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tarkibida Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temiryo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyalari tashkil etildi. Shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslar quyidagi holatlar uchun jarima to‘lashga majbur bo‘ladi:

  • xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarini buzganligi uchun;
  • radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq qoidalar hamda boshqa talablarni buzganligi uchun;
  • istirohat bog‘laridagi attraksionlardan foydalanishda texnik tartibga solish sohasidagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablarini buzganligi uchun.

O‘zbekiston qaysi xalqaro shartnomalarga qo‘shiladi?

O‘zbekiston quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishni rejalashtirmoqda:

  • Yadro zarari uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi;
  • Yadro yoki radiatsiyaviy avariya holatida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • Yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya.
Теги :
Jamiyat