$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston gender tengligi bo‘yicha dunyoning eng tez rivojlanayotgan beshta davlati qatoriga kirdi

xotin-qizlar

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bir qator aniq yutuqlarga erishildi. Xususan, O‘zbekiston gender tengligini ta’minlash borasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta davlat qatoriga kirdi.

Xotin-qizlarning boshqaruvdagi ulushi ortmoqda

So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xotin-qizlarning boshqaruv sohasidagi ulushi 30 foizga, siyosiy partiyalardagi ulushi 38 foizga, tadbirkorlik sohasida esa 41 foizga yetdi. Oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi ayollar taklif etayotgan loyihalarga yo‘naltirilgan.

Ta’lim sohasidagi yutuqlar

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarning ulushi 52,4 foizga yetdi. Joriy yilda maktabni bitirgan qizlarning 101 274 nafari (47 foiz) oliy ta’limga qabul qilindi.

Shuningdek, 181 500 nafar qizga 7 yil muddatga jami 3,4 trillion so‘mlik foizsiz ta’lim kreditlari ajratildi. Magistraturada tahsil olayotgan 15 110 nafar qizning kontrakt to‘lovlari uchun 190 milliard so‘m davlat tomonidan qoplandi.

Iqtisodiy imkoniyatlar va bandlik

Joriy yilda 889 567 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Ularning:

 284 041 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi;

 257 171 nafari doimiy ishga joylashtirildi;

 102 544 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;

 48 022 nafari tadbirkorlikni boshlashi uchun 240 milliard so‘m subsidiya oldi.

Bundan tashqari, 197 789 nafar xotin-qizga 3,3 trillion so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, mamlakat bo‘ylab 1055 ta xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatlik markazlari, 28 ta hunarmandchilik markazlari tashkil etildi.

Ijtimoiy himoya 

“Ayollar daftari” tizimi orqali 995 239 nafar ehtiyojmand xotin-qizning muammolari hal qilindi. Ulardan:

 548 857 nafari ish bilan ta’minlandi;

 342 617 nafariga jami 341,4 milliard so‘m moddiy yordam berildi;

 35 968 nafariga 362,4 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi;

 2 056 nafarining jarrohlik operatsiyalari uchun 18,7 milliard so‘m ajratildi;

 5 459 nafar ayolning uy-joylari ta’mirlandi.

Zo‘ravonlikka qarshi kurash

47 046 nafar xotin-qiz tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganliklari sababli himoya orderi oldi. 29 421 nafar ayol profilaktik hisobdan chiqarildi. Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan 777 nafar ayolga va xorijda qiyin ahvolda qolgan 65 xotin-qizga yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, O‘zbekiston ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Pokiston, Quvayt, Hindiston, Belorussiya, Xitoy va Qirg‘iziston bilan 6 ta Memorandum imzoladi.

Теги :
Jamiyat