$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

xizmatlar

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2024-yil 18-dekabr kuni qabul qilingan 847-sonli qaroriga muvofiq, davlat xizmatlarini taqdim etishda zamonaviy va samarali yondashuvlar joriy qilinmoqda. Bu qaror davlat xizmatlarini soddalashtirish, vaqtni tejash va fuqarolar uchun qulayliklar yaratishni maqsad qiladi.

Proaktiv xizmatlar murojaatsiz amalga oshiriladi

Qarorga koʻra, 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bunda quyidagi davlat xizmatlarini proaktiv tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda:

 elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish;

 tabiiy gazni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish;

 ichimlik suvini hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish;

issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish;

xususiy bandlik agentliklarini Xususiy bandlik agentliklarining reestriga kiritish.

Proaktiv xizmatlar nima?

Proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz vakolatli organlar tashabbusi bilan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari.

 Shuningdek, quyidagi davlat xizmatlarini kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ushbu manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;

 koʻchmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish va ushbu manzilga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish;

davlatga tegishli bino yoki inshootni bir yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

 “E-auksion” elektron savdo platformasida koʻchmas mulk ob'ektlarini sotish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

tibbiy faoliyat uchun lisenziya bilan birga rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma olish;

xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa bilan birga yadroviy va radioaktiv materiallar, radiasiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish.

Bir murojaat bilan bir nechta xizmat

Kompozit davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning bitta murojaati asosida vakolatli organlar tomonidan koʻrsatiladigan ikki va undan ortiq davlat xizmatlari majmuasi.

Bundan tashqari, quyidagi 2 turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega davlat xizmatlarini koʻrsatish pasportlari tasdiqlandi:

maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini (BAD) olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma;

madaniy boyliklarni Oʻzbekistondan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish pasportlari

 Quyidagi 3 turdagi faoliyat turlarini xabardor etishni nazarda tutuvchi davlat xizmatlarini koʻrsatish pasportlari tasdiqlandi:

bojxona brokeri faoliyati;

xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini etkazib berish boʻyicha faoliyat;

nodavlat arxivlarni tashkil etish boʻyicha faoliyat.

Shu munosabat bilan, belgilangan nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etishga doir ortiqcha tartiblar bekor qilindi.

Теги :
Jamiyat