$
 12055.81
36.54
 14008.85
24.43
 169.06
3.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Moskva xavotirda: AQSh va Yevropa Markaziy Osiyoda ta’sirini kuchaytirmoqda

xavotir

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin AQSh va Yevropa davlatlari Markaziy Osiyoda tobora faol harakat qilayotganini aytib, bu holat Moskvani xavotirga solayotganini bildirdi. Uning fikricha, G‘arb mintaqada Rossiya ta’sirini kamaytirishga urinmoqda. Xo‘sh, Markaziy Osiyo yana yirik davlatlar kurash maydoniga aylanib qoladimi?

Rossiya G‘arbning mintaqadagi ta’siri oshayotganini aytmoqda

Galuzinning aytishicha, AQSh va Yevropa davlatlari Markaziy Osiyodagi transport yo‘llari va tabiiy boyliklarga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa noyob metallar va muhim minerallar bo‘yicha kelishuvlar Rossiyani xavotirga solmoqda.

Uning fikricha, bu oddiy iqtisodiy raqobat emas, balki Rossiya ta’sirini pasaytirishga qaratilgan uzoq muddatli siyosat hisoblanadi. Diplomatiya vakili G‘arb davlatlari Rossiya chegaralari yaqinida o‘ziga qulay tizim yaratishga harakat qilayotganini ham ta’kidlagan.

“Rossiya xavfi” mavzusi atay kuchaytirilyaptimi?

Rossiyalik diplomatning aytishicha, G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga turli iqtisodiy va xavfsizlik loyihalarini taklif qilmoqda. Lekin Moskva bular ortida Rossiya bilan tarixiy aloqalarni susaytirish maqsadi bor deb hisoblamoqda.

Galuzin ayniqsa Buyuk Britaniya va ayrim Yevropa davlatlari “Rossiya xavfi” mavzusini faol targ‘ib qilayotganini aytgan. Unga ko‘ra, bu orqali mintaqa davlatlarini Rossiya bilan yaqin hamkorlikdan uzoqlashtirishga urinish bo‘layotgan ekan.

Rossiya Markaziy Osiyo bilan hamkorlik davom etadi

Galuzin Markaziy Osiyo davlatlari boshqa davlatlarning geosiyosiy o‘yinida qatnashishni istamayotganini ham aytib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari Rossiya bilan teng va foydali hamkorlikni saqlab qolishga qiziqmoqda.

Shuningdek, Galuzin Rossiya va uning hamkorlari integratsiya hamda umumiy manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishini bildirgan.

Теги :
Jamiyat