$
 12972.08
15.08
 13223.74
-121.97
 126.61
-1.16
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda qishloq xo‘jaligidagi texnikalarning xavfsizligi nazorat qilinadi

kombayn

11-yanvar hukumat qarori bilan “Muomalaga chiqarilayotgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamenti tasdiqlandi.

Texnik reglament nimalarni o‘z ichiga oladi?

Muomalaga chiqarilayotgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini;

Texnika vositalarini identifikatsiya qilish qoidalari, texnika vositalarining reglament talablariga muvofiqligini baholash va tasdiqlashni;

Texnika vositalarini muomalaga chiqarish qoidalari hamda muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni;

Reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatishni.

Reglament qo‘llaniluvchi texnika vositalari

traktorlar (T va S toifalar);

tirkamalar (R toifa);

almashadigan tirkama mashinalar (S toifa);

o‘ziyurar, osma, yarim osma, tirkama va o‘rnatiladigan mashinalar;

bog‘dorchilik-uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, rezavor meva va dorivor o‘simlikchilik hamda o‘rmonchilikda qo‘llaniladigan mexanizatsiyalashgan kichik mexanizatsiya vositalari, shu jumladan, motokultivator, motoo‘rish moslamasi, motoarava va elektrlashtirilgan mexanizatsiya vositalari va boshqalar;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va oziqa tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan mashinalar;

urug‘larni, g‘allani yoki dukkakli sabzavotlarni tozalash, saralash yoki kalibrovka qilish uchun mashinalar.

Texnik reglament umumiy talablar, shu jumladan, boshqa texnik reglamentlar bilan tartibga solinadigan texnika vositalarini ishlab chiqarish, sotish va yo‘q qilish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Теги :
Jamiyat