$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazorat kuchaytiriladi

xavflarni boshqarish

Joriy yilning 10-iyul kuni bo‘lgan yig‘ilishda “Budjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Amalga oshiriladigan ishlar

Farmonga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:

Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi tashqi auditdan oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlanadi;

2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;

Rivojlanish yo‘lidagi maqsad va vazifalarga erishish dasturlarining ijrosi

 Hukumat tomonidan Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martigacha yuborish tartibi belgilandi.

 2024-yildan Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan oʻtkaziladi hamda natijalari yuzasidan Prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi.

So‘rov va nazorat

Farmonga muvofiq, 2025-yildan:

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag'lar bo‘yicha ma'lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.

Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalaridan ajratilayotgan mablag'lar bo‘yicha so‘rovi va nazorati yo‘lga qo‘yiladi.

Har chorakda Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.

“Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari

2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi.

Теги :
Jamiyat