Obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln. so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Holat huquqiy baho berish jarayonida ekanligi ma’lum qilindi.
O‘rganish ishlari
Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Qonun buzilishi holati
O‘rganishlar natijasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14-iyun sanasida "Ekskavator-Pogruzchik" xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 mln. so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi va "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunining 46-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlandi.
Choralar ko‘rilmoqda
Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.



