$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

55,2 % davlat xaridlarida qonunbuzarlik harakatlari aniqlangan

positive

55,2 % davlat xaridlarida qonunbuzarlik harakatlari aniqlangan

Bu amalga oshirilgan 6,065 trln. so‘mlik xaridlar yuzasidan o‘rganish natijasida aniqlandi.

Raqobatga zid holatlar

 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 2024 yilning yanvar-iyun oylari davomida davlat buyurtmachilari tomonidan tovar, ish, xizmat va qurilish sohalarida tekshirish ishlari o‘tkazildi.

Bunda boshlang‘ich qiymati 6,065 trln so‘mlik bo‘lgan 9 322 ta tanlov (tender) savdolari yuzasidan olib borgan tahlillari natijasida 5 153 ta ya’ni 55,2 % savdo jarayonida 6 611 ta raqobatga zid harakatlar aniqlandi. 

Qonunbuzarlik harakatlari

Jumladan:

 - tovar moddiy boyliklar xaridi bo‘yicha buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilgan 7670 ta tanlov (tender) savdolarida 5287 ta;

 - qurilish sohasi bo‘yicha 194 ta tanlov (tender) savdolarida 125 ta;

 - ish, xizmatlar bo‘yicha buyurtmachilarning amalga oshirgan 1500 ga yaqin tanlov (tender) savdolarida 1199 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.

Ixtiyoriy bartaraf etilgan va javobgarlik holatlari

Qo‘mita tomonidan jami 5153 ta xaridlarda qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 3 423 tasi huquqni muhofaza qilish organlariga vakolat doirasida choralar ko‘rish bo‘yicha taqdim etilgan. 157 ta xaridlardagi qonunbuzilishlar buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan. 

 1 573 ta xaridlar yuzasidan esa 562 ta ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Davlat xaridlarida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 535 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

Теги :
Jamiyat