Davlat tashkilotlaridan qimmatbaho xaridlar davom etmoqda
Bu safar MIBdan qarzdor vazirlik elektromobillar xarid qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” DM bir milliard so‘mdan ziyod mablag‘larga ikki dona elektromobil (gibrid)lar xarid qilyapti. Bu haqda Revizor Telegram kanali ma’lum qildi.
Bu safar ham BYD bo‘lishi mumkin
Mazkur davlat xaridlarida avtomobillarni modeli ko‘rsatilmagan. Lekin xarid chekiga ko‘ra, birinchi yengil avtomobilning narxi 585 million, ikkinchisiniki esa 420 million so‘m ko‘rsatilgan. Revizor spesifikatsiya va narxiga asoslanib “BYD HAN” va “BYD SONG Plus DM-I” xarid qilinayotganini taxmin qilmoqda.
Tashkilotning qarzdorligi qancha?
Hozirgi vaqtda Yashnobod tumani MIB ish yurutividagi ijro hujjatlariga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” DMning 1,6 mlrd so‘mdan ziyod qarzdorligi mavjud.



