$
 12962.98
14.88
 13377.80
-124.48
 123.68
2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi davlat tashkilotlari noqonuniy davlat xaridlarini koʻproq amalga oshiryapti?

davlat xaridlari

2024-yil davomida davlat xaridlari tizimida 263,9 milliard so‘mlik noqonuniy xarid natijalari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.

234 ta qonunga zid harakatlar 

Monitoringlar 552,5 milliard so‘mlik 273 ta xaridni qamrab oldi, ️234 ta holatda qonunga zid harakatlar aniqlandi.

O‘rganish natijalari yakunlari bo‘yicha vazirlik va idoralarga 257 ta xaridni bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi.

Qaysi tashkilotlarda koʻproq?

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 52 ta shunday murojaat yuborilgan, Transport vazirligiga — 30 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 23 ta. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida 32 ta noqonuniy xaridlar aniqlandi.

Bundan tashqari, xaridlar natijalari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi.

Qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Теги :
Jamiyat