Tojikiston MDH hududida mavjud o‘zaro savdodagi cheklovlarni bekor qilmoqchi
Tojikiston 2025-yilda MDH mamlakatlariga raislikni o‘z zimmasiga oladigan davlat sifatida o‘z rejalarini bayon qilishni boshladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston 2025-yilda MDH mamlakatlariga raislikni o‘z zimmasiga oladigan davlat sifatida o‘z rejalarini bayon qilishni boshladi.
Asosiy maqsad
Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Kohir Rasulzodaga ko‘ra, Dushanbe MDH makonida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqchi. Yana ham aniqrog‘i, Tojikiston joriy yilda MDH davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdodagi cheklovlarni bekor qilishga urinib ko‘radi.
Jahon transport tizimiga kirish
“Tojikistonning maqsadi – mamlakat transport tizimini jahon transport tizimiga to‘liq kiritish, intermodal va multimodal transchegaraviy transport xizmatlarini rivojlantirish. Sa’y-harakatlar “Xitoy – Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” yo‘lagini rivojlantirishga qaratilgan”, – dedi Q.Rasulzoda.


